avatar
Куч
2.41
Рейтинг
+1.26

Мақолалар

Sen borsan.

номли блог Latofat-7155
Sen borsan men uchun bu hayot go'zal,
Sen borsan men uchun dilbar koinot.
Sensiz qolar edim zulmatda tugal,
Sensiz qolar edim butkul bemurod.
Sening visolingda umrim yashirin,
Chechaksan men uchun aslo so'lmassan
Shu qadar go'zalsan shu qadar shirin,
Afsus shundayliging o'zing bilmassan.